Suv xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash

 doc xls

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalar hodimlari uchun “Sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

O‘quv kursini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ochib berdi va ishtirokchilarga o‘z fikrlarini bayon qildi. Unda TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari “Elektron hukumat tizimi asoslari”, “Qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiya”, “Suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi”, “Aqlli issiqxona qurish texnologiyalari”, “Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzulari, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan “Suv va elektr energiyani hisob-kitob, yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish hamda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish” va “Respublika miqyosidagi barcha suv resurslari hisobi va hisobotini yuritishning yagona tizimi” mavzularida tinglovchilarga ma’ruza va taqdimotlar qilib boradilar.

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.