AKT vazirligi Sog'liqni saqlash obyektlarida videokonferens aloqalarni tashkil etmoqda

 doc xls

 

 Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

      Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

      Xususan, «O‘zbektelekom» AK bugungi kunda mamlakatimizda karantin tartibidagi obyektlarda, jumladan, yangi barpo etilayotgan shifoxonalar hududlarida telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Qisqa vaqt ichida respublikamiz bo‘ylab 87 ta Sog’liqni saqlash vazirligi obyektlari hududida videokonferens aloqa xizmatini tashkil etdi.

      Shu bilan birga Vazirlik tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta‘minlashi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda.

 

 

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.