“Yoshlar festivali - 2021” doirasida Samarqand viloyatida Kibersport musobaqalari bo`lib o`tdi

 doc xls

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar festivali - 2021” doirasida kibersportning “Counter-Strike”, “FIFA 20” va “DOTA 1” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar, jumladan umumta`lim maktablari o`quvchilari, oliy ta`lim muassasalari talabalari, uyushmagan yoshlar va boshqa qiziquvchilar ishtirok etdilar.

Musobaqalar 3 turdagi o`yinlar bo`yicha bo`lib o`tdi. Bular, Defense of the Ancients I (DotA I), Counter-Strike 1.6 va FIFA20 o`yinlari bo`lib, unda ishtirokchilar soni jami 242 tani, musobaqaga jalb etilgan yoshlar soni esa 600 ga yaqinni tashkil etdi.

Musobaqaning “FIFA 20” yo‘nalishida TATU Samarqand filiali “Kompyuter injiniringi” fakulteti III bosqich talabasi Abubakr Tohirov, «Counter-Strike» yo‘nalishida Samarqand shahar Sattepo maskanining yoshlaridan tashkil topgan “Honey Lova” hamda “DOTA 1” yo‘nalishida TATU Samarqand filiali va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti qo‘shma fakulteti talabalaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblarga aylanishdi.

Tadbir yakunida g‘oliblarga noutbuk, planshet hamda smartfon hamda musobaqaning boshqa ishtirokchilariga estalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.