“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishmaqsadida seminar tashkiletildi

 doc xls

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlari olib borilishi maqsadida joriy yilning 8 iyul kuni Samarqand viloyat hokimligida shahar va tuman hokimliklari, viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va mas’ul xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Ishtirokchilarga yangi qabul qilingan «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunga binoan, Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilanganligi, hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilashi (10-modda), Davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborot va maslahatlar olish huquqiga egaligi ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari vakolatli organni kiberhujumlar to‘g‘risida ogohlantirishi, kiberhimoya uchun sertifikatlashtirilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanishi, sohaga doir normativ va texnik hujjatlarni vakolatli organ bilan kelishishi shartligi, Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshirilishi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi, muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari va milliy axborot resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq muayyan huquqlarga ega yuridik shaxslar, ya’ni kiberxavfsizlik sub’ektlariga ham ushbu qonun doirasida bir qancha huquq va majburiyatlar yuklatilganligi, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik sub’ektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilishi, kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazish lozimligi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozimligi to‘g‘risida “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i K.Raxmatov seminar ishtirokchilariga axborot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassisi F.Abdusalyamov so‘zga chiqib, Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning maqsadi va vazifalari,kibermakonaxborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitligi, kiberxavfsizlik - kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligi, kiberxujum - Kibermakonda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakatligi, muhim axborot infratuzilmasi - muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va resurslari majmui ekanligi, muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari (davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini ko‘rsatish, Mudofaa va davlat xavfsizligi, Huquq va tartibotni ta’minlash, Yoqilg‘i-energetika majmui (atom energetikasi), Kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Suvdan foydalanish va suv ta’minoti, Axborot texnologiyalari, Bank-moliya tizimi, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Metallurgiya, Kommunal soha, Transport) to‘g‘risida, kiberxujumga misollar, yurtimizdagi holat, viloyatlar reytingi, chet el tajribasi, asosiy prinsiplar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga axborot berdi.

Bundantashqari, Qonun bilan davlat organlari va tashkilotlarga yuklatilgan vazifalar, ya’ni:

-davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ichki axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi uch oydan kam bo‘lmasligi kerakligi;

-o‘z tasarrufidagi axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini, tarmoqlar ishining barqarorligini ta’minlashi, shuningdek kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi, vakolatli davlat organini kiberhujumlar to‘g‘risida ogohlantirishi;

-o‘z axborot tizimlari va resurslarida saqlanayotgan ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi hamda qalbakilashtirilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘rishi;

-o‘z axborot tizimlari va resurslarini kiberhimoya qilish uchun sertifikatlashtirilgan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy ta’minotdan foydalanishi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Shu bilan birga “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassisi B.Rustamov “Turli xakerlik hujumlardan veb-sayt va veb-ilovalarning xavfsizligini ta’minlash” mavzusida tayyorlangan prezentatsiyasi bilan ishtirok etib, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati to‘g‘risida, Markazda faoliyat yuritayotgan departamentlar (UZCERT departamenti, Kiberxavfsizlik departamenti, Monitoring bo‘limi, Ekspertizalar departamenti, Normativ-huquqiy taminlash departamenti, Sinovlar labaratoriyasi departamenti, Attestatsiya va audit bo‘limi, Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini sertifikatlashtirish bo‘limi, Ishlanmalar bo‘limi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sertifikatlashtirish bo‘limi) to‘g‘risida, Markazning asosiy vazifalari to‘g‘risida, Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Internet tarmog‘ining “UZ” milliy segmentida joylashgan veb-saytlarni axborot xavfsizligi talablari asosida tekshirish, Elektron saqlash vositalaridan raqamli ma’lumotlarni qayta tiklash va yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlar, Axborot va kiberxavfsizlik hodisalarini tekshirish, 2021-yilda “UZ” domen zonasida joylashgan axborot tizimi va resurslarida o‘tkazilgan ekspertiza natijalari,  aktual kiberxavfsizlik tahdidlari va zaifliklari, 2020 va 2021 yillarda “UZ” domen zonasida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan kiberxavfsizlik hodisalari, Veb-ilovalarni himoya qilish xavfsizlik tizimi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

Seminar yakunida viloyatdagi tashkilot va idoralar rahbar va mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga seminar ishtirokchilari tomonidan tegishli javoblar berildi.

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.