“ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida “ICTEXPO” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
“ICTEXPO” ko‘rgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.