Yagona portal: 2021 yilda ishga tushiriladigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi

 doc xls

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2021 yilning oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, ular sonini 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarurligini ta’kidlagandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan loyihada 2021 yilda talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur dastur loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar tomonidan an’anaviy tarzda yoki boshqa manbalar orqali elektron ko‘rsatilayotgan talabgorligi yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Yil davomida jami 60 ta yangi xizmatlar ishga tushiriladi. Bugungi pandemiya sharoitida talabgir xizmatlarning onlayn shaklda, qulay tarzda taqdim etilishi aholiga nafaqat yengillik beradi, balki ularning idorama-idora yurib, kasallikka chalinishi ehtimolining ham oldini oladi.

Ro‘yxatga:

  • Fuqarolikka qabul qilish uchun ariza yuborish;
  • Avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun onlayn to‘lovlarini amalga oshirish;
  • Respublikadan chiqishga cheklovlar mavjudligini tekshirish;
  • Ish daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
  • Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot olish;
  • Oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni qabul qilish;
  • Avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Avtotransport vositasini davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirish uchun ariza yuborish;
  • Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarini topshirish;
  • Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
  • Saylov uchastkasini aniqlash yoki o‘zgartirish hamda shu kabi dolzarb va talabgir xizmatlar kiritilgan.

Ushbu dasturda davlat xizmatlarini to‘liq masofadan ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish bosqichlarini maksimal darajada optimallashtirish maqsad qilingan.

Manba

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.